Finalni asosiy tarkibda boshlaydiganlar ma'lum

Sport 23:06 / 03.06.2017 7662

Yevropa chempionlar ligasining finalida dastlabki daqiqalardan maydonga tushadigan futbolchilar nomi aniq bo‘ldi.

Unga ko‘ra, Tribuna.Uz bergan anonsdagi taxminiy tarkiblarda kutilgan 22 futbolchining barchasi asosiy tarkibdan o‘rin oldi. Zidan Garet Beylning funksional tayyorgarligini inobatga olib, Iskoni asosiy tarkibga kiritdi. Qolgan chiziqlarda ortiqcha savollar bo‘lmagandi. Kutilgan tarkibda jamoalar uchrashuvni boshlashadi.

YeChL. Final
«Yuventus»:
 Buffon, Bartsali, Bonuchchi, Kellini, Aleks Sandro, Xedira, Pyanich, Dani Alvesh, Dibala, Mandjukich, Higuain.
«Real Madrid»: Navas, Karvaxal, Ramos, Varan, Marselo, Modrich, Kazemiro, Kroos, Isko, Benzema, Ronaldu.

Eslatib o‘tamiz, final Toshkent vaqti bilan 23:45da boshlanadi.

Ko‘proq yangiliklar: