WikiLeaks MRBning «Pandemiya» virusi haqida hikoya qildi

Jahon 12:35 / 02.06.2017 8199

Maxfiy ma'lumotlarni oshkor qilishga ixtisoslashgan WikiLeaks tashkiloti AQSh Markaziy Razvedka boshqarmasining maxfiy loyihasi «Pandemiya»ga doir ma'lumotlarni oshkor qildi. Undan ko‘zlangan maqsad shaxsiy kompyuterlar foydalanuvchilarini kuzatish bo‘lgan. 

Windows dasturiy ta'minotidagi ayrim fayllar troyan dasturi bilan almashtirilgan, foydalanuvchining o‘zi esa virusni mahalliy tarmoq orqali tarqatgan. Ekspertlarning qayd etishlaricha, u texnik jihatdan unchalik ham to‘liq emas, masalan, Windows fayllarini qaytarzda almashtirishni tushunishga yordam beruvchi texnik tavsiflar mavjud emas.  

WikiLeaks 7 martdan boshlab MRB qo‘llab kelgan kiberjosuslik usullari haqida ko‘plab ma'lumotlarni oshkor etishni boshladi. Ushbu ma'lumotlarga tayangan holda aytish mumkinki, ma'muriyat mobil telefonlar orqali kuzatish imkonini beruvchi dasturlar, shuningdek, butun dunyodagi smartfonlarga ulanish imkonini beruvchi texnologiyalardan foydalangan. 

Ko‘proq yangiliklar: