Valverde «Barselona»ning oldindagi mavsum uchun vazifalarini belgiladi

Sport 11:00 / 02.06.2017 10495

«Barselona»ning yangi bosh murabbiyi Ernesto Valverde keyingi mavsumga tayyorlanish jarayoni haqida gapirdi. «Barselona»da 1988-1990 yillarda futbolchi sifatida to‘p surgan 53 yoshli ushbu mutaxassis jamoada Luis Enrike o‘rnida 1 iyun kunidan ish boshladi.

«Bizni oldinda katta jamoalarga qarshi 3ta o‘yin o‘tkaziladigan tur kutmoqda. Bu tur davomida „Real“ga qarshi Superkubok uchrashuvi uchun qattiq tayyorlanamiz. Biz bu sovringa ega chiqishni istaymiz. Umid qilamizki, keyingi mavsumda qanday turnirda qatnashsak ham, sovrin yutamiz», — deya Valverdening so‘zlarini keltirgan klub matbuot xizmati.

Ko‘proq yangiliklar: