Merilin Monroning so‘nggi kunlari o‘tgan uy 7,25 million dollarga sotildi

Jamiyat 18:58 / 02.06.2017 11840

Amerikaning mashhur aktrisasi Merilin Monroning so‘nggi kunlari o‘tgan koshona 7,25 million dollarga sotildi. Bu haqida Los Angeles Business Journal xabar berdi

Nashr ma'lumotiga ko‘ra, Los-Anjyelesning Brentvud tumanida joylashgan koshona 1929 yilda qurilgan. Bu uyda Monro o‘z hayotining so‘nggi kunlarini o‘tkazgan va 1962 yilda hayotdan ko‘z yumgan. 

Ma'lumotlarda ta'kidlanishicha, xaridor o‘n kunga qolmay topilgan va ko‘chmas mulk uchun uning boshlang‘ich narxidan 350 ming dollar ko‘p pul to‘lagan.

Ko‘proq yangiliklar: