Kinematografiyani rivojlantirish markazi tanlov e'lon qildi 

Jamiyat 17:44 / 02.06.2017 8649

Kinematografiyani rivojlantirish markazi qisqa metrajli filmlar loyihalari uchun tanlov e'lon qildi. Unda o‘zi taqdim etgan loyiha asosida qisqa metrajli filmni suratga olishni istovchi barcha yoshdagi professional va havaskor ijodkorlar qatnashishi mumkin.   

Tanlovda ishtirok etish uchun Kinematografiyani rivojlantirish markazining www.krm.uz veb-sayti va Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida joylashtirilgan shaklda to‘ldirilgan ariza hamda unga ilova qilinadigan hujjatlar taqdim etiladi. 

Hujjatlarni taqdim etish shartlari va namunalari, tanlov o‘tkazish tartibi va shartlari, talabgorlar tomonidan taqdim qilinadigan materiallarni baholash mezonlari, shuningdek boshqa zaruriy ma'lumotlar bilan Markazning yuqorida qayd etilgan veb-sayti va internet tarmog‘idagi sahifasida joylashtirilgan “Qisqa metrajli filmlar loyihalari tanlovi to‘g‘risida”gi Nizomida tanishish mumkin.

Quyidagi loyihalar ko‘rib chiqilmaydi:

kinosolnomalar; 

tezkor videotasvirga olish zarurati yuzaga kelgan muhim madaniy va ijtimoiy-siyosiy ahamiyat kasb etuvchi hodisalar; 

ijtimoiy yo‘nalishdagi videofilmlar va roliklar. 

Markaz tanlovda g‘olib bo‘lgan eng yaxshi qisqa metrajli film loyihasini moliyalashtirish bilan birga loyihani taqdim etgan ijodkorga filmni ishlab chiqarish ishlariga ko‘maklashadi va yaratilgan filmni mahalliy va nufuzli xalqaro kinofestivallarda qatnashishini ta'minlaydi.

Hujjatlar 2017 yil 1 iyundan 25 iyungacha qabul qilinadi. Ma'lumot uchun telefonlar: (0-371) 230-91-91, 253-48-17    

Ko‘proq yangiliklar: