Konservatoriyada yangi fakultet ochiladi

Jamiyat 10:45 / 01.06.2017 10801

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida yangi fakultet tashkil etiladi. Bu O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 31 maydagi “Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilab qo‘yilgan.  

2018/2019 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston davlat konservatoriyasida madaniyat va san'at yo‘nalishidagi oliy va o‘rta maxsus ta'lim muassasalari, shuningdek, maktabdan tashqari ta'lim muassasalari uchun malakali musiqa pedagoglarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga ixtisoslashtirilgan fakultet tashkil etiladi.

Eslatib o‘tamiz, konservatoriya 1934 yilda ochilgan Oliy musiqa maktabi negizida 1936 yilda tashkil etilgandi. Bugungi kunda Markaziy Osiyoda hududidagi ushbu soha bo‘yicha eng yoshi katta oliy o‘quv yurtidir.

Konservatoriya 1939 yilga qadar Oliy musiqa bilim yurti binosini egallagan, keyinchalik balet maktabi binosiga ko‘chib o‘tgan. 1990-yillarda prezident Islom Karimovning topshirig‘iga ko‘ra, Botir Zokirov ko‘chasida milliy uslubdagi yangi bino qurilishi boshlandi. Eski bino esa Hamza nomidagi musiqa kollejiga berilgandi. Keyinchalik esa bu kollej tugatildi.

Ko‘proq yangiliklar: