Foto: Mirzo Ulug‘bek tumanida avtomobil olib qochgan shaxs ushlandi

Jamiyat 13:08 / 01.06.2017 13249

2017 yilning 29 may kuni taxminan soat 11:15 da, noma'lum shaxs Mirzo Ulug‘bek tumani, Sho‘rtepa ko‘chasida fuqaro Zokir Daminovga (jabrlanuvchining anketa ma'lumotlari o‘zgartirilgan) tegishli bo‘lgan “Matiz” rusumli avtoulov qulflanmagan holatda va kaliti o‘t oldirish qismida qoldirilganligidan foydalanib, mazkur avtoulovni olib qochgan. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
 
Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi. 

Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, avtoulov Mirzo Ulug‘bek tumani, Mohlaroyim ko‘chasida topilib, mazkur jinoyat Dmitriy Aleksandrovich Kostrov tomonidan sodir etganligi aniqlangan hamda undan qo‘lqoplar, avtoulov kaliti va pulti ashyoviy dalil sifatida olingan. 

Kostrovga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. 

Foto: Toshkent shahar IIBB

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda. 

Yuqoridagi shaxsning xatti-harakatidan jabr ko‘rganlar bo‘lsa, “102” telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi ichki ishlar idoralariga murojaat etishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: