Venger «Arsenal» bilan shartnomani ikki yilga uzaytiradi

Sport 07:37 / 31.05.2017 3094

«Arsenal» bosh murabbiyi Arsen Venger klub bilan shartnomasini yana ikki yilga uzaytiradi. Bu haqda Mirror nashri xabar tarqatgan.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, Venger dushanba kuni «Arsenal» xo‘jayini Sten Kronke bilan uchrashgan. Amerikalik biznesmen u bilan suhbat chog‘ida uni qo‘llab-quvvatlashi va unga jamoaga yangi futbolchilar olib kelishi uchun yetarlicha mablag‘ ajratilishini ma'lum qilgan.

Nashr Kronke fransiyalik muxlisning ixlosmandi ekani va uni hamisha qo‘llaganini eslatib o‘tgan.

Xabarda aytilishicha, Angliya Kubogidagi g‘alaba ham yangi shartnoma tuzilishida muhim rol o‘ynagan. Bu sovrin muxlislarning murabbiyga munosabatini yana yaxshilagan.

Murabbiy va «Arsenal» o‘rtasidagi yangi shartnoma haqida 31 may kuni rasman e'lon qilinishi kutilmoqda. 

Venger «Arsenal»ga 1996 yilda kelgan. Uning rahbarligida jamoa 3 marta Angliya chempioni bo‘lgan (1997/98, 2001/02, 2003/04), 7 marta Angliya Kubogi sohibiga aylangan (1997/98, 2001/02, 2002/03, 2004/05, 2013/14, 2014/15, 2016/17).

Ko‘proq yangiliklar: