Messi rasmiy saytini ochdi

Sport 08:33 / 31.05.2017 10570

«Barselona» futbol klubi va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi o‘z rasmiy saytini ochdi.

Sahifada futbolchining butun dunyo bo‘ylab qariyb 150 million nafar bo‘lgan muxlislari o‘z qahramonlari haqidagi eng so‘nggi xabarlarni o‘qishi, uning fondi e'lonlaridan xabardor bo‘lishi, real vaqtda statistika, ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarni ko‘rishlari, shuningdek, har kunlik qator qiziqarli yangiliklarni o‘qib borishlari mumkin. Bundan tashqari, u yerda Lionel ishtirokidagi o‘yinlarning matnli onlayn-translyatsiyasi ham o‘tkaziladi.

IOS va Google Play’ga ega mobil qurilmalarda esa bellashuvlarni real vaqt rejimida tomosha qilish funksiyasi ham bor.

Ko‘proq yangiliklar: