«Barselona»ni hozirgidan ham buyukroq jamoaga aylantirmoqchiman». Valverdening dastlabki intervyusi

Sport 23:18 / 31.05.2017 9473

«Barselona» bosh murabbiyi Ernesto Valverde yangi lavozimga tayinlangach, dastlabki intervyusini berdi.

«Men uchun bu yerga kelish katta faxr. «Barselona» men haqimda bosh qotirib, menga ish taklif qilganidan o‘zimni juda baxtiyor his qilmoqdaman.

Faoliyatimning yangi bosqichini intizorlik bilan kutmoqdaman. Bu men uchun katta sinov bo‘ladi. «Barselona»ni hozirgidan ham  buyukroq jamoaga aylantirmoqchiman.

«Barselona» safida ancha oldin to‘p surgandim. Endi ancha yoshni urib qo‘ydim. Hozir umuman boshqa davr. Hozir bu klubga kelib qo‘shilganim qanchalik muhim qadam ekanini ancha yaxshi anglab turibman. U paytlari esa ancha yosh edim. Men boshqa jamoalar safida ham o‘ynagandim. Mana endi yana «Barsa»ga qaytdim», – deya Valverdening so‘zlarini keltiradi Sport.es.

Ko‘proq yangiliklar: