1 iyundan GM Uzbekistan avtomobillari narxi oshadi

Fan-texnika 21:48 / 31.05.2017 99302

"GM Uzbekistan" AJ 1 iyundan o‘zi ishlab chiqaradigan avtomobillar narxini oshirishni rejalashtirmoqda. Narxlar 25-30 foizga oshishi taxmin qilinmoqda. 

31 mayning ikkinchi yarmida ushbu masala bo‘yicha majlis o‘tkazilishi belgilangandi. Uning yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining avtomobillar narxining oshishi bo‘yicha qarori qabul qilinadi.

Avvalroq Kun.uz 1 iyundan boshlab "GM Uzbekistan"ning barcha avtomobillari so‘mda sotilishi yo‘lga qo‘yilishini ma'lum qilgandi. Shuningdek, kompaniya 2017 yilning 29 mayidan 31 mayigacha yangi shartnomalarni tuzish va avtomobillarni berishni vaqtinchalik to‘xtatgan. 

Ko‘proq yangiliklar: