Saudiya Arabistoni: Ramazonning birinchi kuni - shanba!

Jamiyat 14:07 / 26.05.2017 24710

Saudiya Arabistoni Ramazonning birinchi kuni 27 may, shanba kuni bo‘lishi haqida ma'lum qildi. Bu haqida Gulf News'da xabar berildi

Saudiya Arabistoni Oliy sudi 26 may, juma kuni Shabon oyi tugashi va 27 may, shanba Ramazonning birinchi kuni bo‘lishini e'lon qildi. 

BAA Oyni kuzatish qo‘mitasining ma'lum qilishicha,  payshanba kuni kechqurun mamlakatda Ramazonning boshlanganini anglatuvchi yarim oy ko‘rinmagan.

Qo‘mita 26 may, juma kuni kuzatuvni davom ettirishni  rejalashtirgan. 

Bundan avval O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida»gi qarori e'lon qilingani haqida xabar berilgan edi. Unda 2017 yil muborak Ramazon oyining boshlanishi 27 may kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi O‘zbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma'lumot uchun qabul qilingani aytilgan edi.

Ta'kidlash joizki, Ramazon islom taqvimidagi to‘qqizinchi oy hisoblanadi.

Ko‘proq yangiliklar: