Zidan finalda Isko va Beyldan qaysi birini o‘ynatishni aniqlab oldi

Sport 22:30 / 25.05.2017 14010

«Real» jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan Isko Chempionlar ligasi finalida Turinning «Yuventus» klubiga qarshi kechadigan uchrashuvga tushirmoqchi. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatdi.

Oxirgi vaqtlarda OAVda va mutaxassislar orasida bu masala keng muhokama qilinmoqda. Ko‘plar murabbiy ispaniyalik yarim himoyachini Garet Beyldan afzalroq ko‘rayotganini gapirmoqda.

Ko‘pchilik maydonga Isko chiqishi to‘g‘riligini, u mavsumda juda yaxshi formada ekanini namoyish etganini ta'kidlagan.

«Real» va «Yuventus» o‘rtasidagi final uchrashuvi 3 iyun kuni Kardiffda bo‘lib o‘tadi.

Ko‘proq yangiliklar: