Xitoyda samolyot ishchilarning e'tiborsizligi tufayli halokatga uchrashiga bir baxya qoldi

Jahon 17:34 / 25.05.2017 6181

Xitoyning Air China aviakompaniyasi layneri shassida osilib qolgan sumka bilan reysni amalga oshirdi. Bu haqda Ecns.cn portali xabar berdi.

Hodisa 22 may, dushanba kuni yuz bergan. Samolyot Pekindagi Shoudu xalqaro aeroportidan Xitoy shimoli-g‘arbidagi Lanchjou shahriga parvoz qilgan.

Ameco kompaniyasining havo kemalariga xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi texniklari ichida asbob-uskunalar bo‘lgan sumkani yomg‘irdan saqlash uchun shassiga osib qo‘yishgan. Ular kerakli ishlarni tugatgach uni olishni yoddan chiqarishgan.

Foto: Weibo

Shundan so‘ng layner havoga ko‘tarildi va Lanchjouda muvaffaqiyatli qo‘ndi. Ushbu shahar hamda Pekin o‘rtasidagi masofa taxminan 1,5 ming kilometrni tashkil etadi, deb aniqlik kiritgan Vesti.ru. Parvoz taxminan ikki yarim soat davom etdi.

Xitoylik aviatsiya sohasidagi ekspertlarning ta'kidlashicha, shassidagi sumka qo‘nish chog‘ida jiddiy muammolarga olib kelishi mumkin edi. Ameco’da ma'lum qilishlaricha, ishchilar texnika xavfsizligiga rioya etishmagan. Kompaniya ro‘y bergan holatni tekshirish haqida va'da berdi.

Ko‘proq yangiliklar: