Germaniyada yo‘lovchi samolyoti fyuzelyajidagi katta yoriq bilan uchib ketmoqchi bo‘ldi

Jahon 09:14 / 25.05.2017 4867

Germaniyada ATR 72-500 samolyotiga o‘tirayotgan yo‘lovchilar uning fyuzelyajida yoriq borligini aniqlashgan. Voqea Dyusseldorfdan Shtutgartga amalga oshirilishi kerak bo‘lgan reysda yuz berdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi. 

Samolyotga o‘tirish boshlanganda odamlar orqa trapdan yarim metr narida katta yoriqni payqashgan.  Bu haqda samolyot ekipajiga ma'lum qilinganda, ekipaj tashvishlanishga hojat yo‘qligini aytib, uchishga tayyorgarlik ko‘ra boshlagan. Ikki yo‘lovchi samolyotdan tushib ketmoqchi bo‘lgandagina yoriqqa samolyot sardori e'tibor qaratgan. Shundan keyingina reys bekor qilingan.

"Bugun menda havo transportining xavfsiz ekanligiga anchagina gumon paydo bo‘ldi", deb yozgan Facebook’da yo‘lovchilardan biri. Samolyot tegishli bo‘lgan Air Berlin aviakompaniyasida aytilishicha, uchuvchi parvozdan oldin o‘tkaziladigan tekshiruv vaqtidayoq uchishdan bosh tortgan.  

Foto: Facebook.com/Rob Ert

 

Ko‘proq yangiliklar: