Zidan ham o‘yinchi, ham murabbiy sifatida o‘ziga xos natija qayd qildi

Sport 09:12 / 22.05.2017 9270

Zinedin Zidan Primeraning oltin medallarini ham o‘yinchi, ham murabbiy sifatida qo‘lga kiritgan Madridning "Real" klubining 6-murabbiyi bo‘ldi.

Shu tariqa Zidan avval bu natijaga erishgan Migel Munos, Luis Molovni, Xorxe Valdano, Visente del Boske va Bernd Shusterlar safidan o‘rin oldi.

Eslatib o‘tamiz, 21 may kuni "Real" Ispaniya Primerasining so‘nggi turida mehmonda "Malaga"ni 0:2 hisobida yutib, chempionlik unvonini qo‘lga kiritdi. U yakuniy jadvalda "Barselona"dan 3 ochko o‘zib ketdi.

Ko‘proq yangiliklar: