Ukrainalik chegarachilar Qrimda bo‘lgan o‘zbekistonliklarni Ukrainaga qo‘yishmadi

O‘zbekiston 21:52 / 22.05.2017 15222

Ukrainalik chegarachilar 14 nafar o‘zbekistonlik va bir nafar ozarboyjonlikni Qrimga tashrif buyurganlari uchun Ukrainaga qo‘yishmadi. Bu haqda Ukraina davlat chegara xizmati matbuot xizmati ma'lum qildi.  

"Berdyansk otryadi chegarachilari chegara nazorati vaqtida xorijliklar Ukrainaning amaldagi qonunini buzib, bosib olingan Krim hududiga tashrif buyurishgani va ma'muriy chegarani kesib o‘tish uchun maxsus ruxsatlari yo‘qligini aniqlashgan", deb aytildi xabarda.

O‘zbekistonliklar va Ozarboyjon fuqarosi Qrim chegarasini 20 may kuni "Chongar" kirish-chiqish nazorat punktida kesib o‘tishgan.   

Ta'kidlanishicha, ularga shuningdek Ukrainaga 3 yilga kirish taqiqlangan.

Ko‘proq yangiliklar: