Fors ko‘rfazi davlatlari va AQSh terrorizmga qarshi kurashda hamkorlik qilish bo‘yicha kelishib oldi

Jahon 17:19 / 21.05.2017 12026

21 may kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyozda AQSh prezidenti Donald Tramp hamda Fors ko‘rfazi arab mamlakatlari hamkorlik kengashida vakillari (6 davlat - Saudiya Arabistoni, Qatar, Ummon, Bahrayn, BAA va Kuvayt) uchrashdi.

Muzokaralar AQSh prezidenti Donald Trampning Saudiya Arabistoniga qilgan ilk rasmiy tashrifi doirasida o‘tkazildi. 

Yig‘ilishda kengash raisi -  Saudiya Arabistoni shahzodasi Muhammad bin Naif, shuningdek, Qatar, Bahrayn davlati rahbarlari, Abu-Dabi shahzodasi hamda Ummon bosh vaziri o‘rinbosari qatnashdi.

Cammit davomida AQSh va olti arab mamlakatlari o‘rtasida O‘zaro kelishish bo‘yicha memorandum imzolandi. 

Mazkur sammitdan so‘ng musulmon davlati yetakchilari Tramp bilan terrorizmga birgalikda kurashish bo‘yicha muzokaralar olib borishi ko‘zda tutilgan.

Ko‘proq yangiliklar: