Los-Anjyelesda yo‘lovchi samolyoti yuk mashinasi bilan to‘qnashdi

Jahon 09:17 / 21.05.2017 7294

Los-Anjyeles xalqaro aeroportida bortida 146 nafar yo‘lovchi va ekipaj a'zolari bo‘lgan Boeing-737 yo‘lovchi samolyoti yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. Associated Press xabariga ko‘ra hodisa natijasida sakkiz kishi jabrlandi.

To‘qnashuv samolyot yerga qo‘nishi bilan sodir bo‘lgan.

Los-Anjyeles shahri yong‘in xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, to‘qnashuv samolyotni yurgizib olib borish yo‘lagida ro‘y bergan.

Hodisa oqibatida yuk mashinasi ag‘darilib ketgan. Samolyotning o‘ng qanotiga zarar yetgan, yoqilg‘i oqib ketishi kuzatilmagan.

To‘qnashuvdan xizmat mashinasida bo‘lganlar jabrlangan, ulardan bir nafarining ahvoli og‘irligicha qolmoqda. Avialayner yo‘lovchilaridan hech biri jabrlanmagan.

Ko‘proq yangiliklar: