Poroshenko Berlinga keldi, Merkel va NATO sobiq bosh kotibi bilan uchrashadi

Jahon 16:27 / 20.05.2017 4795

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Germaniya poytaxtiga yetib keldi. U GFR kansleri Angela Merkel bilan muzokaralar o‘tkazadi.

«Muzokaralar natijasiga ko‘ra, Ukraina prezidenti va Germaniya federal kanslerining ukrain va nemis OAV vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tadi», - deyiladi Ukraina prezidenti matbuot xizmati xabarida.

Shuningdek Poroshenko Oraniyenburg shahrida joylashgan «Zaksenxauzen konslageri» Memorial majmuasiga borishni, hamda natsizm qurbonlari xotirasini yod etishni rejalashtirgan.

Bundan tashqari, Ukraina prezidenti NATO sobiq bosh kotibi Anders Rasmussen bilan ham uchrashuv o‘tkazadi.

Ko‘proq yangiliklar: