Berlinda Poroshenko va Merkel o‘rtasidagi muzokaralar yakunlandi

Jahon 20:40 / 20.05.2017 5625

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning Germaniya kansleri Angela Merkel bilan muzokaralari yakunlandi. Muzokaralar 2,5 soatdan ko‘proq davom etdi, deb xabar bermoqda Ukrainaning Germaniyadagi elchisi Andrey Melnik.

Boshqa tafsilotlar keltirilmagan.

Poroshenko 20 may kuni Berlinga kelgan va u yerda Merkel bilan Brandenburgdagi "Mezeberg" hukumat villasida muzokaralar o‘tkazgan. Muzokaralarda tomonlar Donbassdagi ixtilofni hal qilish bo‘yicha "normand to‘rtligi" davlatlarining keyingi ishini va G‘arbning Ukrainaga islohotlarni o‘tkazishdagi yordamini muhokama qilishni rejalashtirishgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: