Turkiya kurdlar sababli Raqqadagi operatsiyada ishtirok etishdan bosh tortmoqda

Jahon 21:19 / 18.05.2017 3955

Turkiya agar AQSh Suriyaning Raqqa shahrini ozod qilish operatsiyasiga suriyalik kurdlar mudofaa kuchlarini (YPG) jalb qilmoqchi bo‘lsa, unda bu operatsiyada ishtirok etmaydi, deb aytdi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an.     

"Biz AQShga safar vaqtida Raqqadagi operatsiyani muhokama qildik va AQSh Raqqadagi operatsiyani juda nozik qabul qilmoqda. Biz agar u yerda YPG bo‘lsa, unda operatsiyada ishtirok etmaymiz, uni o‘zingiz o‘tkazaverasiz, agar sizning Raqqa bo‘yicha qaroringiz shunday bo‘lsa, unda omad, deb aytdik", deb ta'kidlab o‘tdi Erdo‘g‘an Istanbulda ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar oldidagi nutqida.  

AQSh prezidenti Donald Trampning Erdo‘g‘an bilan Vashingtondagi muzokaralari 16 may kuni ikki davlat o‘rtasida Trampning yaqinda suriyalik kurdlarni qurollantirish haqidagi qarori bilan bog‘liq ravishda avj olgan ziddiyatlar ortida o‘tdi. Turkiyaning bu masala bo‘yicha rasmiy pozitsiyasi shundan iboratki, Suriyadagi kurd tuzilmalari Turkiyada taqiqlangan Kurdiston ishchi partiyasi bilan bog‘langan.   

Asosini kurd lashkarlari tashkil qiluvchi "Suriya demokratik kuchlari" (SDF) Raqqani IShID jangarilaridan ozod qilish bo‘yicha janglar olib bormoqda. Ularni AQSh aviatsiyasi va maxsus kuchlari qo‘llab-quvvatlamoqda. SDF’da ta'kidlanishicha, Raqqaga hujum yoz boshida boshlanadi.

Ko‘proq yangiliklar: