Norin tumaniga yangi hokim tayinlandi

O‘zbekiston 16:51 / 18.05.2017 18518

Xalq deputatlari Norin tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi va unda tashkiliy masala ko‘rildi. 

«Kun.uz» manbasining ma'lumot berishicha, viloyat hokimi ishtirokidagi yig‘ilishda tumanga yangi hokim tayinlangan. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov yig‘ilganlarga shu vaqtgacha o‘ziga qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosar sifatida faoliyat ko‘rsatib kelgan Dilmurod Qodirovni tumanning yangi hokimi sifatida tanishtirgan.

Vodiyda ishchi guruh tekshiruvi. Tumanlar rahbarlari ishdan olinmoqda

Tumanni 2012 yildan beri boshqarib kelgan A'zamjon Maxmudovich Sultonov hafta boshida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Zoyir Toirovich Mirzayev rahbarligidagi ishchi guruh Farg‘ona vodiysiga safari davomida lavozimidan ozod etilgandi. U bilan birgalikda tuman prokurori, tuman davlat soliq inspeksiyasi rahbari hamda tuman Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i ishdan ketgan.

Ko‘proq yangiliklar: