Bagam orollari yaqinida xususiy samolyot falokatga uchradi

Jahon 08:12 / 17.05.2017 2725

Bermud uchburchagi yaqinida, Bagam orollari suvlarida bortida uchuvchi bilan birga 4 kishi bo‘lgan kichik o‘lchamdagi xususiy samolyot falokatga uchradi. Bu haqda AQSh sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmatiga iqtibos keltirgan holda Sun Sentinel nashri xabar bermoqda

Ma'lum qilinishicha, samolyot Puerto-Rikodan Floridaga yo‘nalayotgan bo‘lgan. Ayni vaqtda Bagam orollari yaqinida samolyot bo‘laklari va yo‘lovchilar qidirilmoqda.

MU-2B samolyoti 15 may kuni mahalliy vaqt bilan soat 11:00da Puerto-Rikodan havoga ko‘tarilgandan keyin yo‘qolib qolgan. U Floridaga yetib kelmagan va oxirgi marta aloqaga soat 14:10da chiqqan.

Samolyotdagi barcha yo‘lovchilar Nyu-Yorkda yashaganlar. Samolyotda jumladan 3 va 14 yoshli ikki bola bo‘lgan.

Samolyotni qidirish bilan Bagam orollari qirollik mudofaa kuchlari hamda AQSh bojxona va chegarani qo‘riqlash xizmatlari shug‘ullanmoqda.    

Ko‘proq yangiliklar: