Zidan: «Ispaniya chempionatini yutish juda qiyin»

Sport 13:44 / 15.05.2017 12208

«Real» bosh murabbiyi Zinedin Zidan Ispaniya chempionatining 37-turi doirasida «Sevilya»ga qarshi kechgan o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Madriddagi «Santyago Bernabeu» stadionida bo‘lib o‘tgan bahs 4:1 hisobida yakunlandi.

«Ispaniya chempionatini yutish juda qiyin, biroq biz kun sayin bunga yaqin kelmoqdamiz. Atigi 2 ta uchrashuv qoldi, bugungidek o‘ynashda davom etamiz. Bugun bahsni zo‘r boshladik va haqli ravishda g‘alaba qozondik. Keylor Navas bir necha bor jamoani qutqardi, so‘ng almashtirishlar „Real“ga qo‘shimcha kuch bag‘ishladi va biz ikkinchi bo‘limda ajoyib futbol ko‘rsatdik.

Keylor Navas «Real»ning muhim o‘yinchisi bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi. Bugun u ajoyib o‘yin o‘tkazdi», - deya Zidanning so‘zlarini keltiradi Marca.

Eslatib o‘tamiz, «Barselona» va «Real», 87 ochkodan jamg‘argan holda, turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda: kataloniyaliklar qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha birinchi o‘rinda bo‘lishsa, madridliklar bir o‘yin kam o‘tkazishgan.

Ko‘proq yangiliklar: