OAV: «Real» Zidan bilan shartnomasini 2020 yilgacha uzaytiradi

Sport 14:40 / 13.05.2017 4614

«Real» jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan Madridning qirollik klubi bilan shartnomasini 2020 yil yozigacha uzaytiradi. 

Fransiyalik mutaxassis va klub prezidenti Florentino Peres yangi shartnoma yuzasidan kelishuvga erishdi, deb xabar qilmoqda Marca. Imzolash jarayoni keyinroq o‘tkaziladi. 

Zidanning «Real» hozirgi shartnomasi 2018 yil yozida yakuniga yetadi. 

Bu yilgi mavsumda madridliklar Ispaniya chempionati va Chempionalar ligasi finalida g‘oliblikka da'vogarlik qilmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: