Quyosh energiyasidagi ilk stratosfera samolyoti havoga ko‘tarildi

Fan-texnika 18:19 / 13.05.2017 7165

Shveytsariyaning Payyernida SolarStratos’ning birinchi parvozi muvaffaqiyatli yakunlandi. Stratosfera samolyoti faqatgina quyosh energiyasidan foydalanadi. Uchuvchi Damian Xishe SolarStratos’ni 300 metr balandlikka ko‘tarib, u yerda 7 daqiqa davomida bo‘lib turgan hamda yerga qayta muvaffaqiyatli qo‘ndirgan.

Barcha konstruksiyani yetarli quvvat bilan ta'minlash uchun unga juda yirik qanotlar o‘rnatildi, ularning uzunligi 25 metrga teng. Qanotlar quyosh panellari bilan qoplangan, ular dvigatel uchun energiya ishlab chiqaradi.

Foto: Trendymen

SolarStratos stratosferaga esa 2019 yilda parvoz qiladi. Ishlab chiqaruvchi kompaniya turistlar uchun katta balandlikka tijoriy parvozlarni tashkil etishni rejalashtirgan.

Ko‘proq yangiliklar: