Avstraliyalik senator parlament majlisini bola bilan o‘tkazgan birinchi ayol bo‘ldi

Jamiyat 18:10 / 10.05.2017 6503

Avstraliyalik senator Larisa Veyters mamlakat parlamenti binosiga emizikli farzandi bilan kelgan birinchi ayol bo‘ldi. BBC shu haqida ma'lum qildi. 

Yashillar partiyasi vakili 9 may, seshanba kuni ovoz berish jarayonida ikki oylik farzandi bilan ishtirok etgan.

Manbaga ko‘ra, Avstraliya quyi palatasi o‘tgan yili ish vaqtida parlamentda bolani oziqlantirishga ruxsat berib, senatga qo‘shilgandi, biroq shu kunga qadar hech bir palata deputati bu huquqdan foydalanmagan edi. 

 

Ko‘proq yangiliklar: