Microsoft yangi funksionalli smartfon ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi

Fan-texnika 17:26 / 08.05.2017 5441

Microsoft rahbari Satya Nadella korporatsiya smartfonlar ishlab chiqarishda davom etishi, lekin ularning yangi funksionalli bo‘lishi haqida ma'lumot berdi. Windows operatsion tizimidagi qurilmalar seriyasi tanazzulga uchragan edi, Nokia xaridi esa kompaniyaga daromad keltirmadi, shunday bo‘lsa-da, bosh direktor yorug‘ kelajakka ishonch bildirmoqda. 

Satya Nadella smartfonlarga nima qo‘shqmoqchi? U ba'zi nashrlarga bergan intervyularida navbatdagi smartfon va kompyuter gibriti ishlab chiqarilishiga ishora qilgan. Bu yo‘nalishdagi ilk urinishlar 2015 yilda, Continuum funksiyasi yordamida kompyuterning o‘rnini bosa oluvchi Windows 10'li ilk qurilmalar paydo bo‘lganida amalga oshirilgan. 

Biroq sotuv raqamlariga e'tibor beradigan bo‘lsak, 2017 yilning birinchi chorak yakunlariga ko‘ra, smartfonlar xarididan tushgan daromad 5 million dollarni tashkil qilgan. O‘tgan yilning xuddi shu davri ko‘rsatkichlari 735 million dollarga teng. Microsoft so‘nggi 1,5 yil mobaynida smartfon ishlab chiqarish bilan shug‘ullanmayapti. Kompaniyaning jahon mobil qurilmalar bozoridagi ulushi atigi 0,3 foizni tashkil qiladi. Bosh direktor kompaniyaning yangilangan funksionalli aqlli telefonlarni ishlab chiqarishga qaytishi haqida aytgani bilan, kompaniya xodimlari bu g‘oyani qo‘llab-quvvatlamayapti. 

Foto:  Amelia Krales / The Verge

Microsoft ixtirochisi va texnik xodimi Aleks Kipman (HoloLens garniturasi ixtirochisi) smartfonlarni ishlab chiqarish bilan shug‘ullangandan foyda yo‘q, zero bu mahsulot dolzarb emasligi va uni rivojlantirish ahamiyatsiz ekaniga ishonadi. Uning fikricha, virtual va to‘ldirilgan reallik qurilmalari vaqti keldi. Ular foydalanuvchiga displeydan foydalanmay, kontentni translyatsiya qilish imkonini beradi.  

Facebook asoschisi va rahbari Mark Tsukerberg ham shunday fikrda. Uning fikricha, to‘ldirilgan reallik tez orada hatto televizorlarning ham o‘rnini bosishi mumkin. 

 

Ko‘proq yangiliklar: