Amerika kompaniyalari xorijda qancha pul saqlashi ma'lum bo‘ldi

Iqtisodiyot 13:01 / 06.05.2017 14217

Apple erkin pul mablag‘lari hajmi bo‘yicha yirik kompaniyalar o‘rtasida yetakchi hisoblanadi. Biroq, shu bilan birga, u naqd pullarining ko‘p qismini xorijda yashirmaydi.

AQSh soliq idoralaridan daromadini berkitish bo‘yicha rekordchi Microsoft hisoblanib, aynan u xorijda saqlanuvchi mablag‘lar hajmi bo‘yicha S&P 500 indeksiga kiruvchi kompaniyalar orasida birinchi o‘rinni egallaydi. O‘tgan yili bu summa 124 mlrd. dollarga teng bo‘lgan. Bundan UBS hisoboti ma'lumotlari darak bermoqda.

Amerika kompaniyalari xorijdagi hisob raqamlarida hammasi bo‘lib 2,4 trln. dollarni saqlaydi. Ular buni turli sabablarga ko‘ra qiladi. Ulardan eng asosiysi – AQShdagi juda katta soliqlar. Ular kapitalni ortga qaytarishsa, 35 foizlik miqdorda soliq to‘lashlari kerak bo‘ladi (bu rivojlangan davlatlar orasidagi eng yuqori stavka).

Ammo Donald Tramp soliq islohotini o‘tkazish va korporativ soliq stavkasini 35 foizdan 15 foizga qadar tushirish, shuningdek kompaniyalarga xorijdagi mablag‘larini ortga 10 foizlik soliq stavkasi bo‘yicha qaytarish imkonini yaratish niyatida.

Prezident fikricha, qaytarilgan pullar sarmoya va yangi ish o‘rinlarini yaratishda qo‘l keladi. Biroq tahlilchilarning aytishiga ko‘ra, kompaniyalar AQShga milliardlab dollarni qaytara olsa, ular aksiyalar xarid qilish, dividendlarni to‘lash, qarzdorlikni yopish va muvozanatni bir me'yorda ushlab turishga yo‘naltirilishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: