O‘zbekistonda yangi «O‘zbekiston 24» axborot-tahliliy telekanali tashkil etiladi

Jamiyat 12:31 / 04.05.2017 21754

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tarkibida yangi formatdagi yangiliklar telekanali tashkil etilmoqda. U xorijiy mamlakatlarda faoliyat yurituvchi o‘z muxbirlar tarmog‘iga ham ega bo‘ladi. Kun.uz saytining Xalqaro press klub va milliy teleradiokompaniyadagi bir-biridan mustaqil manbalariga ko‘ra, «O‘zbekiston 24» deb ataluvchi telekanal milliy axborot-tahliliy teleradiokanal hisoblanadi. 

Prezident Shavkat Mirziyoyevning shu haqdagi qarorida qayd etilishicha, yangi teleradiokanal «Diyor» telekanali va «Toshkent» radiokanali negizida barpo etiladi. «O‘zbekiston 24»ning xodimlar soni 251 kishi bo‘lishi belgilangan. 

Yaqin oylarda ochiladigan «O‘zbekiston 24» ko‘rsatuvlari  SD va HD formatlarda efirga uzatiladi. 

Ko‘proq yangiliklar: