Sobiq tashqi ishlar vaziri prezident huzuridagi institutga direktor bo‘ldi

O‘zbekiston 10:21 / 04.05.2017 51419

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutiga Vladimir Norov direktor etib tayinlandi. Bu haqda ishonchli manba ma'lumot bergan.

1955 yilda Buxoroda tug‘ilgan Vladimir Norov 2006 yil 12 iyuldan 2010 yil 12 yanvargacha – O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri bo‘lib ishlagan.

Foto: «Diplomatmagazine.nl»

U turli yillarda turli mamlakatlarda elchi sifatida faoliyat ko‘rsatgan (1998—2003 yillarda — O‘zbekistonning Germaniyadagi, o‘rindoshlik asosida – Polsha va Shveytsariyadagi elchisi. 2005—2006 yillarda — O‘zbekistonning Belgiyadagi elchisi. 2013 yil 27 avgustdan — O‘zbekistonning Belgiyadagi elchisi. 2014 yilning 2 dekabridan O‘zbekistonning Lyuksemburgdagi elchisi).

Bundan oldinroq Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti xodimlari Toshkentda doimiy propiskaga qo‘yilishi mumkin bo‘lgan tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: