Ronaldu Messiga yetib oldi

Sport 19:50 / 03.05.2017 14236

Madridning «Real» futbol klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu YeChLda qayd etilgan het-triklar bo‘yicha Kataloniyaning «Barselona» jamoasi forvardi Lionel Messiga yetib oldi, deb xabar bermoqda Opta. Ronaldu YeChL yarim finali doirasida «Atletiko»ga qarshi kechgan birinchi o‘yinda (3:0) uchta gol urdi.

Bu portugaliyalik sportchining YeChLdagi yettinchi het-triki. U bu ko‘rsatkich bo‘yicha Messiga yetib oldi.

Eslatib o‘tamiz, 32 yoshli Ronaldu «Real» uchun urgan gollari sonini 400taga yetkazib oldi hamda klub tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lib turibdi. Krishtianu Madrid jamoasiga «Manchester Yunayted»dan 2009 yilda o‘tgandi.

Ko‘proq yangiliklar: