Dubay shahzodasi shayx Hamdan bin Muhammad bin Rashid Al Maktum Microsoft kompaniyasi bilan hamkorlikda Dubai Font deb nomlanuvchi o‘z shrifti ishlab chiqilgani haqida e'lon qildi. Bu haqda WAM – Amirliklar yangiliklar agentligi xabar qilmoqda.
« Dubai Font — shriftini joriy qilish raqamli dunyoda birinchi bo‘lish borasidagi urinishlarimizdagi muhim qadamdir», — degan shahzoda.
U, shuningdek, shrift «o‘qish va o‘z fikrlarini bildirishga turtki beruvchi ulkan xususiyatlarga ega» bo‘lib, 23 tilda qo‘llash mumkin.