Foto: Muxlislar hali hech qachon murabbiy iste'fosini bunchalik istashmagan

Sport 00:44 / 30.04.2017 17180

O‘tgan tunda «Arsenal» jamoasi muxlislari jamoa bosh murabbiyi Arsen Vengerga qarshi navbatdagi yirik aksiyani o‘tkazishdi. «Wenger Out» («Venger ket») yozuvlari London shahrining turli diqqatga sazovor binolarida yoritilgan.

Bunday yozuvlar «kanonirlar»ning sobiq va hozirgi stadionlari «Hayberi» va «Emireyts»da, shuningdek, Marmarli triumfal arkida porlagan.

Venger jamoada 1996 yildan buyon ishlamoqda. Ushbu mutaxassis bilan amaldagi shartnoma muddati joriy mavsum yakuniga qadar tuzilgan, u bilan shartnoma muddati hozircha uzaytirilmadi.

 

Ko‘proq yangiliklar: