Pokiston Hindistonni "Tolibon"ni qo‘llab-quvvatlashda aybladi

Jahon 22:38 / 27.04.2017 6873

Pokiston tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Nafis Zakarniya Hindistonni Pokiston hududida terrorchilik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda aybladi. Bu haqda Dawn nashri muxbiri ma'lum qildi. 

Zakarniya 27 apreldagi matbuot-anjumanda bundan Hindiston foydasiga josuslik qilgan Kulbxushan Yadava va Ehsonulloh Ehsonning bergan ko‘rsatmalari darak berayotganini aytgan.  

O‘tgan haftada Pokiston harbiylariga taslim bo‘lgan, "Tahrik-i-Tolibon Pokiston" terrorchilik harakati va "Jamoat-ul-Ahror" guruhining sobiq a'zosi Ehsonning ta'kidlashicha, ikkala tashkilot o‘z harakatlarini hind va afg‘on maxsus xizmatlari bilan muvofiqlashtirgan. Bu maxsus xizmatlar ularga Afg‘onistonda erkin harakatlanishni ta'minlashgan, Pokistonga kirishni esa hind razvedkasi Research and Analysis Wing rahbarligida amalga oshirishgan. 

Zakarniyaning aytishicha, AQSh harbiy-havo kuchlarining aprel boshida Afg‘onistonning Nangarhor viloyatidagi jangarilar bazalariga tashlagan bombasining portlashi oqibatida halok bo‘lganlar orasida 13 hindning borligi "Tolibon" Hindiston tomondan qo‘llab-quvvatlanishiga isbot hisoblanadi.

Ko‘proq yangiliklar: