FIFA ikkinchi marta yangi texnologiyalar sinovida Ravshan Ermatov xizmatidan foydalanadi

Sport 20:10 / 27.04.2017 15390

O‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov Konfederatsiyalar Kubogi–2017 turnirida videotakrorlar bo‘yicha referi assistenti vazifasini bajaradi. Bu haqda ro‘yxat FIFA rasmiy saytida berilgan.

Oldin xabar berganimizdek, FIFA uchrashuvlarni boshqarish uchun 9 nafar bosh hakamlarni tanlab olgan. Ermatov esa ularning ichida yo‘q edi. O‘zbekistonlik hakam FIFA tasnifidagi musobaqalarda ikkinchi marta qo‘llanilayotgan yangi tizimni ishlatishda ko‘makchi vazifasini o‘taydi.

Ma'lumot uchun, Ermatov FIFAning ketma-ket ikkinchi yirik musobaqasida bosh hakam sifatida emas, balki videoassistent sifatida ishlashi belgilanmoqda. Bungacha FIFA videotakrorlarni ilk marta sinovdan o‘tkazgan klublar o‘rtasidagi JChda ham Ermatov videoassistent hakam sifatida musobaqada qatnashgandi.

Konfederatsiyalar Kubogi joriy yilning 17 iyunidan 2 iyuliga qadar Rossiyada bo‘lib o‘tadi.

Ko‘proq yangiliklar: