Eron mudofaa vaziri: Isroilning Suriyaga zarba berishi terrorchilarga yordam beradi

Jahon 21:34 / 27.04.2017 5750

 

Eron mudofaa vaziri Husayn Dehqon RT telekanaliga bergan intervyusida AQSh va Isroilning Suriyaga zarbalar berishi terrorchilarga yordam berishga qaratilganini aytdi.  

"Bu zarbalar barcha tomondan qoralanadi va terrorchilarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan hamda ularni kuchaytiradi", deb aytdi Dehqon.

Uning aytishicha, Suriya armiyasi o‘z pozitsiyalarini kuchaytirmoqda va terrorchilardan ular egallab olgan hududlarni tortib olmoqda.

"Terrorchilarga yomon bo‘layotganda zarbalar berilmoqda. Bu zarbalar quyidagi ma'noga ega: "Biz sizni himoya qilamiz va qo‘riqlaymiz, shuning uchun xavotirlanmang, agar kerak bo‘lsa, biz aralashamiz". Fikrimcha, bu operatsiyalar terrorchilarga yordam beradi. Zarbalar terrorchilarni kuchaytirishga qaratilgan va ularga jang qilishni davom ettirishga imkoniyat beradi. Ular terrorchilarga "sizlarning jiddiy himoyachilaringiz bor, tashvishlanmang va jangni davom ettiring" deydi", deb qo‘shimcha qildi Dehqon.

27 aprelda OAV Isroil harbiy-havo kuchlari "Hizbulloh" shia guruhining Damashq aeroporti yaqinidagi omboriga zarba berganini ma'lum qilgan.  

Ko‘proq yangiliklar: