Dunyoning eng zo‘r murabbiy aniqlandi. Bu Gvardiola yoki Mourino emas

Sport 23:47 / 27.04.2017 28791

Italiyaning Corriere dello Sport nashri Yevropaning eng yetakchi 20 nashrning jurnalistlari o‘rtasidagi kim eng yaxshi murabbiy degan savol orqali so‘rovnoma o‘tkazdi.

Kuchli uchlikni italiyalik mutaxassislar egalladi. Massimiliano Allegri («Yuventus»), Antonio Konte («Chelsi») va Karlo Anchelotti («Bavariya»).

So‘rovnomada jurnalistlar o‘zining eng kuchli deb hisoblagan 10 nafar murabbiyini kiritishi kerak edi. Birinchi o‘rin uchun 10 ball, 10-o‘ringa 1 ochko berilgan.

Ovoz berish jarayonida Corriere dello Sport, The Times, L’Equipe, Mediaset, Sky, Tuttosport, Rai Sport, Guerin Sportivo, La Repubblica, Corriere della Sera, Bild, beIN SPORTS nashrlari ishtirok etishgan.

Matbuot fikriga ko‘ra, Top-10 o‘rin olgan murabbiylar:

1. Massimiliano Allegri («Yuventus») – 167 ball
2. Antonio Konte («Chelsi») – 156
3. Karlo Anchelotti («Bavariya») – 137
4. Diyego Simeone («Atletiko») – 130
5. Joze Mourinyu («Manchester Yunayted») – 114
6. Xosep Gvardiola («Manchester Siti») – 108
7. Leonardu Jardim («Monako») – 97
8. Zinedin Zidan («Real») – 87
9. Luis Enrike («Barselona») – 59
10. Unai Emeri («PSJ») – 45.

Ko‘proq yangiliklar: