Fransiyada musulmon bolalarning ko‘payib ketgani haqida gapirgan hokim jarimaga tortildi

Jamiyat 19:12 / 26.04.2017 5064

Fransiyaning Beze shahri hokimi Rober Menar shaharda musulmon bolalar soni ko‘payib ketgani haqidagi so‘zlari uchun uzr so‘radi. Bu haqda SudRadio xabar bermoqda.

«Milliy front» o‘ng partiyasi tarafdori bo‘lgan Menar «nafrat va kamsitishga fitna qilish»da ayblandi. Bu holat u tvitterda Beze maktablarida musulmon bolalar soni haddan tashqari ko‘payib ketgani haqida yozganidan so‘ng ro‘y berdi.

U o‘z yozuvida bu haqda to‘g‘ridan-to‘g‘ri gapirmagan, biroq shunga ishora qilgan: «ayni damda almashish jarayoni ketayotganining yorqin isboti, shunchaki eski maktab suratlariga razm soling».

Hokim sud qaroriga ko‘ra, 2 ming yevrolik jarimaga tortildi. Shuningdek hokim sud xarajatlari uchun 1 ming yevro miqdorida mablag‘ to‘lashi va yettita huquq himoyasi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotga ma'naviy zarar tariqasida 1 ming yevrodan to‘lab berishlari kerak.

Beze shahrining hokimi esa sudni shu tariqa «so‘z erkinligiga o‘lim jazosini» chiqarmaslikka chaqirdi.

Ko‘proq yangiliklar: