Samarqanddagi pivo do‘koni egasi raqobatchisini chavaqlab tashladi

Jamiyat 19:33 / 25.04.2017 32402

O‘tgan hafta qo‘shnimizning 40 yashar kuyovini o‘ldirib ketishibdi, degan xabarni eshitib, mahallamizdan ko‘pchilik ta'ziya izhor qilish uchun u kishining qudasinikiga bordik. O‘sha yerda gap nimadaligini bilib oldik.

Samarqand pivo ishlab chiqarish korxonasi atrofidagi bir qator hovlilarda pivo savdosi yo‘lga qo‘yilgan. Mavsum paytida ularning bozori chaqqon bo‘ladi. Nima ko‘p – pivoxo‘r ko‘p. Shunday bo‘lsa ham baribir raqobat degan narsa bor-da! Ammo bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobat degani halol bo‘lishi lozim. Shunda topganining barakasi bo‘ladi.

Afsuski, Samarqanddagi pivofurushlar mijozlar uchun bo‘lgan kurashni jang maydonidagi ur-yiqit deb tushunishadi shekilli. Ulardan biri o‘z atrofiga o‘g‘illari va yaqin kishilarini to‘plab, raqobatchisinikiga bostirib kelgan. Pivo do‘koni egasining o‘g‘li qo‘lidagi armatura bo‘lagi bilan qo‘shnimizning kuyovini urib yiqitadi va qorniga bir necha marta tig‘ zarbasini yo‘llagan. Uni o‘ldirib, marhumning akasiga tashlanadi. Lekin maqsadiga erisholmaydi. Akasi chaqqonlik qilib, zarbadan o‘zini himoya qiladi.

Raqobatchidan qutulishning bunday vahshiyona usuli oqibatida marhumning uch nafar farzandi yetim qoldi.

Sodir etilgan qotillik yuzasidan tergov ishlari olib borilyapti.

Toshpo‘lat Rahmatullayev 

Ko‘proq yangiliklar: