Estoniyada katta ko‘lamli xalqaro kibermashg‘ulotlar bo‘lib o‘tadi

Jahon 08:19 / 24.04.2017 2717

Estoniyada 24 aprelda 25 ta davlatdan 800 mutaxassis ishtirok etadigan katta ko‘lamli Locked Shields xalqaro kibermashg‘ulotlari boshlanmoqda. Bu haqda NATOning Tallindagi kiberhimoya markazining matbuot xizmati ma'lum qildi. 

Locked Shields dunyodagi eng yirik kibermashg‘ulotlardan biri bo‘lib, 2010 yildan beri o‘tkazib kelinadi. NATO 2008 yilda NATOning Tallindagi kiberhimoya markazi akkreditatsiyasini tasdiqlab, unga xalqaro harbiy tashkilot maqomini bergan. Hozir markaz ishida uning hamkori sifatida 18 davlat: AQSh, Estoniya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Slovakiya, Italiya, Litva, Latviya, Ispaniya, Vengriya, Chexiya, Polsha, Niderlandiya, Gretsiya, Turkiya, Avstriya va Finlyandiya ishtirok etadi.

Mashg‘ulotlar 24-28 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi. Bu yilgi mashg‘ulotlarda qo‘llaniluvchi qurilmalar, tarmoqlar va texnologiyalar soni o‘tgan yillargiga nisbatan ancha ko‘paygan. Mashg‘ulotlar axborot texnologiyalari sohasidagi mutaxassislarga o‘z malakalarini sinab ko‘rish imkoniyatini taqdim qilish maqsadida o‘tkaziladi. Bu mutaxassislar davlat axborot tarmoqlarini himoyalash bilan shug‘ullanadilar.

Mashg‘ulotlar ssenariysiga ko‘ra, jamoalardan biri o‘ylab topilgan bir davlatning elektr tarmoqlari, dronlari, harbiy boshqaruv tizimlari va boshqa tuzilmalari boshqa jamoa tomonidan kiberhujumlarga uchraganda uning harbiy bazalari asosiy xizmatlari va tarmoqlari ishini ta'minlab berishi kerak. Rejaga ko‘ra, hujumlar soni 2,5 mingtaga yetishi kerak.

Mashg‘ulotlarda Siemens AG, Threod Systems, Cyber Test Systems, Clarified Security, Iptron, Bytelife, BHC Laboratory, openvpn.net, GuardTime kabi kompaniyalar ishtirok etadi.

Ko‘proq yangiliklar: