«Ayrimlar bundan o‘zini reklama qilishda foydalanmasin» - Putin korrupsiyaga qarshi kurashishga chorladi

Jahon 19:47 / 24.04.2017 10526

Rossiya prezidenti RF qonunchilar Kengashi a'zolari bilan uchrashuv davomida so‘zga chiqib, korrupsiyaga qarshi kurashishni davom ettirish niyatini tasdiqladi. Vladimir Putin korrupsiyaga qarshi kurashyotganlarni «bu ishdan o‘z-o‘zini reklama qilish uchun foydalanayotganlar»dan farqlashga chaqirdi.

Rossiya rahbari davlat korrupsiyaga qarshi kurashishga qodir ekanligini ko‘rsatishi lozim ekanligi haqida fikr ilgari surgan. 

«Biz bunga qarshi faol kurashmog‘imiz kerak, turli avantyuristlar bundan o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanishiga yo‘l ham qo‘ymasligimiz lozim, biz insonlarga davlat o‘zi samarali kurasha olishi va bu ishni amalga oshirayotganini ko‘rsatishimiz shart», — degan Rossiya prezidenti Vladimir Putin.

Prezidentning qayd etishicha, «korrupsiyaga qarshi chindan ham kurashishni, davlatni mustahkam qilishni istayotganlar» va bu ishdan o‘z-o‘zini reklama qilish, o‘z siyosiy kurashida qurol sifatida foydalanayotganlarni farqlash lozim.

Putin bunday «avantyurachilar» deganda yaqindagina bosh vazir Dmitriy Medvedev tomonidan o‘zlashtirilgan 70 milliard rubllik pora haqida hujjatli film tayyorlagan, «Korrupsiya qarshi kurashish fondi» asoschisi, muxolifatchi Aleksey Navalniyni nazarda tutgan. Prezident shuningdek «arab bahori» va Ukrainada ro‘y bergan hodisalarni misol keltirib, ularni «Biz bu mavzularni o‘tib bo‘ldik, biz bundan nima kelib chiqqanini ko‘rdik va oqibatlarini juda yaxshi bilamiz», degan.

Kengash majlisidan avval prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya korrupsiyaga qarshi kurashda katta yo‘l bosib o‘tgani va jarayon vaqt bilan chegaralanmaganini aytib o‘tgan.

Peskovning qayd etishicha, bu yo‘nalishda ayni paytda olib borilayotgan ishlardan bosh maqsad — «korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga nisbatan umumiy toqatsizlik muhitini yaratishdan iborat».

«Arktika — muloqot hududi» forumida so‘zga chiqar ekan, Vladimir Putin 26 mart kuni Rossiya bo‘ylab bo‘lib o‘tgan aksilkorrupsiya mitinglari haqida o‘z fikrlarini bildirib, «bu masalalar jamoatchilikning diqqat markazida bo‘lishi lozim»ligini ta'kidlagan. Biroq, prezident o‘z chiqishida «siyosiy sahnada o‘z-o‘zini tashviq qilish uchun bundan qurol sifatida foydalanayotgan» siyosiy kuchlarni qoralagan.

Ko‘proq yangiliklar: