Farg‘onada velosipedchining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi ushlandi

Jamiyat 09:29 / 20.04.2017 6655

IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh Boshqarmasi matbuot xizmati O‘zbekiston Respublikasi IIV DYHXX tomonidan 2017 yil 18 aprel kuni fosh etilgan transport bilan bog‘liq jinoyat haqida ma'lumot berdi.

Ma'lum bo‘lishicha, 2017 yil 18 aprel kuni soat 01:00 larda, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahri hududida, noma'lum haydovchi, noma'lum transport vositasi bilan velosipedchi Toshloq tumanida yashagan, 1974 yilda tug‘ilgan Z.D.ni urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi joyidan yashiringan. 

Natijada velosipedchi Z.D. tan jarohati olib, kasalxonada vafot etgan. 

Olib borilgan qidiruv va surishtiruv ishlari natijasida ushbu yo‘l-transport hodisasini Farg‘ona shahrida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan M.M. shaxsiy «Neksiya» rusumli avtomobilida sodir etganligi aniqlanib, shu kuni ushlangan.

Ko‘proq yangiliklar: