Qarag‘andada yetti qizning onasi uzoq kutilgan o‘g‘il farzandni dunyoga keltirdi

Jamiyat 20:29 / 19.04.2017 17983

Qarag‘andadagi Zamzagul Mamalinova va Duman Ospanovlar oilasida yetti qiz farzanddan keyin uzoq kutilgan o‘g‘il - Nurtileu dunyoga keldi. Juftlikning to‘ng‘ich qizi - 25, kenjasi -  2 yoshda. Nur.kz nashrida shu haqida xabar berildi.

FOTO EKARAGANDA.KZ

42 yoshli ayol ilk farzandini dunyoga keltirganida 18 yoshda bo‘lgan. U turmushga chiqishdan avval bunday katta oilani xayoliga ham keltirmaganini tan oladi. 

Ko‘p bolali ota-ona o‘z farzandlarini hech kimdan kam qilmay, yaxshi tarbiyalash va munosib bilim berishga harakat qilgan.

Ospanovlarning ikki to‘ng‘ich qizi oliy ma'lumot olishga ulgurgan, ular turmushga chiqib, ishga ham tushishgan. 

FOTO EKARAGANDA.KZ

Uchinchi qiz farzand tibbiyot kollejida tahsil oladi. Kichik qizlar turli to‘garaklarga qatnashadi. 

"Men doim ishlaganman, chunki ishlamasak bo‘lmaydi. Har doim turmush o‘rtog‘imga yordamlashishga harakat qilganman", - deydi Zamzagul.

Shirin tashvishlariga qaramay, Zamzagul ikki oliy ma'lumot (filologik va yuridik) olishga muvaffaq bo‘lgan, u o‘n yildan ortiq tajribaga ega.

Hozirga kelib, ko‘p farzandli ona yana bola ta'tilida. Zamzamgulning eri "Qarag‘anda Su"da usta bo‘lib ishlaydi. 

Er-xotin ularning oilasida o‘g‘il farzand tug‘ilganidan benihoya xursand. Yetti opa-singil ukalarini juda e'zozlashadi.

Bugungi kunda Ospanovlar oilasi sakkiz farzandi bilan qarindoshlarining uch xonali uyida ijarada yashaydi. Ular turar-joy uchun navbat kutishmoqda, biroq jarayon juda sekin kechmoqda. Avval ular o‘z uylarida yashashgan, biroq noqulay shart-sharoitlar tufayli uni arzimagan pulga sotishga to‘g‘ri kelgan.

Zamzagulning so‘zlariga ko‘ra, u va eri turmush qiyinchiliklari oldida hech qachon bosh egishmagan. To‘ng‘ich qizlar ota-onalari ularni voyaga yetkazib, to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirgani uchun minnatdor. 

"Men doim turmush o‘rtog‘imga, yarim yo‘lda bir-birimizni tashlab ketmasligimizga ishonganman. Farzandlarimizda onglilik, mehr-muhabbat va insoniylik tuyg‘ularini tarbiyalashga harakat qilganmiz. Ularga bir-birini hamda kattalarni hurmat qilish, xalqimizning ma'naviy qadriyatlarini saqlashni o‘rgatamiz", - deydi ayol.

FOTO EKARAGANDA.KZ
Ko‘proq yangiliklar: