Janubiy Koreya, Yaponiya va AQSh vakillari Shimoliy Koreyani muhokama qilishadi

Jahon 19:08 / 17.04.2017 5688

Janubiy Koreya, Yaponiya va AQSh mudofaa vazirliklarining yuqori lavozimdagi mansabdor shaxslari 19 aprelda Koreya yarimorolidagi vaziyat bo‘yicha uch tomonlama muzokaralar o‘tkazadilar.

"Ryonxap" axborot agentligining ma'lum qilishicha, Tokioda o‘tadigan uchrashuvda Shimoliy Koreyaning ig‘vogar harakatlariga tomonlarning javob harakatlari muhokama qilinadi. 

16 aprelda Janubiy Koreya qurolli kuchlari shtablari boshliqlarining qo‘shma qo‘mitasi Shimoliy Koreya tomondan raketa uchirish muvaffaqiyatsiz amalga oshirilganini ma'lum qilgan. Janubiy koreyalik harbiylarning ma'lumotlariga ko‘ra, Pxenyan Sinpxo uyezdidan noma'lum raketani uchirishga uringan, biroq u uchirilishi bilanoq portlab ketgan. Raketa turi aniqlanmagan, biroq mutaxassislar bu o‘rta masofalarga mo‘ljallangan KN-15 ballistik raketasi bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishgan. 

Ko‘proq yangiliklar: