Venger epoxasining tugashi. «Arsenal» yangi lavozimga sobiq futbolchisini taklif qilmoqda

Sport 19:27 / 14.04.2017 7891

Londonning «Arsenal» klubida shu kungacha mavjud bo‘lmagan sport direktori lavozimiga nomzodlar qidirilmoqda. Bu haqdaTribuna.uz yozmoqda.

Manbaga ko‘ra, londonliklar bu o‘ringa Mixael Tsork («Borussiya» D) va Mark Overmars («Ayaks») nomzodlarini ko‘rib chiqmoqda va asosiy e'tibor ikkinchi nomzodga qaratilgan.

44 yoshli niderlandiyalik «Arsenal» tarkibida uch yil davomida futbolchi sifatida to‘p surgan «kanonirlar» bilan 1998 yilda mamlakat chempioni unvonini qo‘lga kiritgan.

«Arsenal»da sport direktori lavozimi ilgari to‘liq Arsen Venger ixtiyorida bo‘lgan. U klubda kimni sotib olish, kimni sotish bilan faqatgina o‘zi shg‘ullangan. Klub rahbariyati bu yilgi mavsumda qayd etilgan qoniqarsiz natijalardan keyin fransuz mutaxassisidan bir necha huquqlarni boshqalarga, jumladan sport direktoriga olib berishni istamoqda.

Ko‘proq yangiliklar: