Saudiya Arabistoni shahzodasi O‘zbekistonga tashrif buyuradi

O‘zbekiston 21:27 / 14.04.2017 25499

Ayni kunlarda Shveytsariyaning Lozanna shahrida Xalqaro Ot sporti federatsiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan beshinchi sport forumining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Unda ishtirok etayotgan Saudiya Arabistoni shahzodasi Faysal ibn Abdulla al-Saud Xalqaro Ot sporti federatsiyasining Lifetime Achievement Award mukofotiga loyiq deb topildi. Ta'kidlash kerak, ushbu mukofotga shahzodadan avval yana bir atoqli shaxs, ya'ni qirolicha Yelizaveta II xalqaro ot sportiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun munosib deb topilgan edi. Bu haqda O‘zbekiston Ot sporti federatsiyasi Matbuot kotibi Anvar Suyunov xabar bermoqda.  

Tadbir doirasida haykaltarosh Ronni Payesbrug tomonidan ishlangan “O‘ynoqlayotgan otlar” nomli asari ko‘rgazmasi ham bo‘lib o‘tdi. Unda Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax, shahzodaning turmush o‘rtog‘i, qizlari va butun dunyodan tashrif buyurgan delegatlar ishtirok etishdi.

– Shahzoda Faysal ot sporti taraqqiyotiga xalqaro miqyosda katta g‘amxo‘rlik qilib kelmoqda. Uning butun dunyoda ushbu sportni keng ko‘lamda taraqqiy etishiga hissa qo‘shib kelayotganini e'tirof etish kerak. Ot sportini bugungi kunda global darajaga chiqarish zarur. U bu borada muhim qadamni boshladi. Bugungi kechada biz shahzoda Faysalni ana shunday ishlari uchun taqdirladik – deydi Xalqaro Ot sporti federatsiyasi prezidenti Ingmar de Vos.

Marosimi so‘ngida Faysal ibn Abdulla al-Saud O‘zbekiston Ot sporti federatsiyasi Bosh kotibi Eldor Anorboyev bilan uchrashdi. Uchrashuv chog‘ida shahzoda O‘zbekistonga tashrif buyurishini bildirdi. 

Qayd etish kerak, forum doirasida O‘zbekiston Ot sporti federatsiyasi Bosh kotibi Eldor Anorboyev Qatar davlati Ot sporti federetsiyasi rahbari Badar Muhammad al-Darvish, Rossiya federatsiyais Ot sporti federatsiyasi rahbari Anatoliy Merkulov, Qozog‘iston respublikasi Ot sporti federatsiyasi rahbari Malik Anuar, Tayland davlati Ot sporti federatsiyasi rahbari Nara Ketushinglar bilan uchrashib, tajriba almashish borasida muzokaralar o‘tkazdi. 

Shuningdek, Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax Eldor Anaroboyevga yurtimiz chavandozlarining 2020 yil Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlarida qatnashishga har tomonlama tayyor ekanligini bildirdi.

Ko‘proq yangiliklar: