2035 yilga borib, musulmonlar tug‘ilishda nasroniylarni ortda qoldiradi

Jamiyat 23:51 / 06.04.2017 19431

Yangi tadqiqot ma'lumotlariga ko‘ra, 2035 yilga borib musulmon oilalarida tug‘ilgan go‘daklar soni nasroniy oilalarda tug‘ilganlardan oshib ketadi, deb yozadi Telegraph.

Pew tadqiqot markazi tomonidan e'lon qilingan natijalarga ko‘ra, keyingi o‘n yilliklar ichida Islom diniga e'tiqod qiluvchilar eng tez o‘sayotgan diniy jamoaga aylanishadi. 

Qayd etilishicha, uzoq  yillar mobaynida nasroniylar dunyo aholisining uchdan bir qismini tashkil etib, jahondagi eng yirik diniy guruh nomiga egalik qilib kelishayotgan edi. Bu borada musulmonlar ikkinchi o‘rinda.

Taxminlarga ko‘ra, o‘zini biror bir diniy jamoaga taalluqli emas, deb hisoblovchi insonlar soni, keyingi o‘n yilliklar ichida qisqara boradi.

Ko‘proq yangiliklar: