OAV: Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon raketa uchirdi

Jahon 07:45 / 05.04.2017 12794

Taxmin qilinishicha, Shimoliy Koreya 5 aprelda Yapon dengizi tomon raketa uchirdi. Bu haqda Yonhap axborot agentligi xabar bermoqda. 
  
Axborot agentligining ta'kidlashicha, raketa Xamgen-Namdo viloyatida joylashgan Sinpxo port shahridan uchirilgan.

"Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon noma'lum snaryad uchirdi", deb Janubiy Koreya shtablari boshliqlari qo‘mitasi bayonotini keltirib o‘tdi agentlik. 
 
Shimoliy Koreya raketa uchirgan bo‘lishi mumkinligi haqida Yaponiyaning Kyodo axborot agentligi ham mamlakat mudofaa vazirligiga iqtibos keltirgan holda ma'lum qilgan. 

Ko‘proq yangiliklar: